Skip to content

Container widget

Oldingi darsda tuzgan dasturimizda Center vidjeti butun ekran bo'yicha ichidagi elementni markazga joylashtirmoqda. Ammo bizga odatda ekranning ma'lum bir qismi bilan ishlash kerak bo'ladi. Buning uchun biz Container vidjetidan foydalanamiz.

Container vidjeti flutter proyektimizda bloklarni qurish uchun foydalaniladi.

flutter-container

Oldingi kodimizdagi Center vidjetimizni Container vidjetining ichiga olib o'tamiz.

dart
...

return MaterialApp(
  home: Scaffold(
    body: Container(
      child: Center(
        child: Text('Salom Flutter'),
      ),
    ),
  ),
);

...
...

return MaterialApp(
  home: Scaffold(
    body: Container(
      child: Center(
        child: Text('Salom Flutter'),
      ),
    ),
  ),
);

...

Container vidjetining bir nechta atributlari mavjud:

  • width - blokning eni
  • height - blokning balandligi
  • color - orqa fon rangi

va boshqalar.

Shu atributlar orqali Container vidjetimizga o'zgartirish kiritamiz.

dart
...

return MaterialApp(
  home: Scaffold(
    body: Container(
      width: double.infinity,
      height: 200,
      color: Colors.amber,
      child: Center(
        child: Text('Salom Flutter'),
      ),
    ),
  ),
);

...
...

return MaterialApp(
  home: Scaffold(
    body: Container(
      width: double.infinity,
      height: 200,
      color: Colors.amber,
      child: Center(
        child: Text('Salom Flutter'),
      ),
    ),
  ),
);

...

Dasturni ishga tushirsak, matn blokning markaziga joylashganini ko'rishimiz mumkin.

Berilgan qiymatlarni tahlil qiladigan bo'lsak:

  • width uchun double.infinity qiymati berilgani ekranning to'liq enini o'z ichiga olishini anglatadi.
  • height uchun 200 berilgani flutterning dp o'lchov birligi bo'yicha 200dp qiymat berilganini anglatadi.
  • color uchun Colors.amber qiymati berilgan. Colors flutterga tegishli klass bo'lib, elementlarga flutterdagi standart ranglarni berish uchun foydalaniladi.